Briofiltrlar yordamida ekologiyani himoya qiling va havoni tozalang.
---
---
---
Ushbu ekologik muammoga qarshi, biz tabiatdan o‘ziga xos ilhom olgan holda, "SHAHAR HAVOSI UCHUN BRIOFILTR" loyihasini ishlab chiqdik. Loyihaning markazida – yo‘sinlar (mo’xlar;ildizsiz yuksak o’simliklar) turadi. Ular maxsus dizayndagi skameykalar (o’rindiq) “devorida” o‘stirilib, jamoat joylarida o‘rnatiladi.
Zamonaviy shaharlashuv – yashil hududlar hisobiga amalga oshmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida shahar aholisi soni keskin ortib bormoqda, shunga parallel ravishda yangi ko‘p qavatli turar-joy majmualari, savdo markazlari va sanoat infratuzilmalari barpo etilmoqda.
Ushbu urbanizatsiya jarayonlari ko‘plab qulayliklar yaratayotgan bo‘lsa-da, tabiiy yashil maydonlar qisqarishi esa jiddiy ekologik muammolarga olib kelmoqda.
Hozirda bir nechta pilot nuqtalarda briofiltr skameykalari o‘rnatildi. Loyihaning keyingi bosqichida ularni shahar bo‘ylab keng miqyosda tarqatish, havo sifati monitoringi va foydalanuvchilarning real vaqtda kuzatishi uchun interaktiv xarita tizimi ham joriy etiladi.